Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov haqida behayo video tarqatilgan edi.
Mazkur holat yuzasidan munosabat bildirgan viloyati hokimligi matbuot xizmatiga ko`ra, ushbu video tarqalishi ortidan, ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim sahifalarda viloyat hokimining sha`ni va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda obro`sizlantiruvchi haqoratomuz postlar e`lon qilingan.
"Shu sababli insonning sha`ni va qadr-qimmatini kamsitilishiga olib keluvchi ma`lumotlar tarqatganlik holati bo`yicha prokuratura organlariga belgilangan tartibda shikoyat arizasi yuborildi.
Hozirda qonunga xilof bunday ma`lumotlar tarqatgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan qonun doirasida chora ko`rish bo`yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 13-moddasiga ko`ra, inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Ushbu oliy qadriyatni buzganlik uchun qonunchilikda tegishli javobgarlik belgilangan", - deyiladi munosabatda.