Farg`ona viloyati Uchko`prik tumanida YPX xodimi Spark oynasini urib sindirdi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, 14 aprel kuni Bekobod qishlog`ida davlat raqam belgisiz, yon oynalari tusi o`zgartirilgan Spark harakatlanib borayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Shundan so`ng inspektor A.A. avtomobilni to`xtatish choralarini ko`rgan. Lekin haydovchi J.J xodimning to`xtash va avtomashinadan tushish haqidagi qonuniy talablariga bo`ysunmagan.
Ushbu vaziyatda inspektor buyruq talablariga asosan kuch ishlatib, avtomobil oynasini sindirib, haydovchini to`xtatib qolgan. Mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan.






