1876 yilda ishlab chiqarilgan oltin tangalarni sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Departamentning Qibray tuman bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B.A. va M.U. 1876 yilda ishlab chiqarilgan “GOSUDARINYa IMPERATRISA MARIYa FEODOROVNA” va "25 rubley" yozuvlari tushirilgan umumiy og`irligi 76,2 gramm bo`lgan 2 dona oltin tangalarni 145 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
👉@Department_uz






