AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yangi hafta boshida -3 darajagacha sovuq bo`ladi

'O`zbekistonda yangi hafta boshida -3 darajagacha sovuq bo`ladi'ning rasmi

“O`zgidrlmet” O`zbekistonda 16–18 aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Unga ko`ra:

Qoraqalpog`iston RespublikasiXorazm viloyati. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, 16 aprelda ba`zi joylarda 17-22 metr/soniyagacha, ba`zida 25-28 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, 16-17 aprelda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, 16 aprelda ba`zi joylarda 17-22 metr/soniyagacha, ba`zida 25-28 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 16 aprelda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq, 17-18 aprelda kechasi 1-6 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida 1-3 daraja sovuq, kunduzi 17 aprelda 10-15 daraja iliq, 18 aprelda 12-17 daraja iliq bo`ladi.

Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 16 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 17-18 aprelda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent viloyati. Havo o`zgarib turadi, 16 aprelda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. 17-18 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 16 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 17-18 aprelda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, 16 aprelda ba`zi joylarda 17-22 metr/soniyagacha, ba`zida 25-28 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 16 aprelda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq, 17-18 aprelda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, 16 aprelda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, do`l yog`ishi mumkin. 17-18 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, 16 aprelda Farg`ona viloyatida ba`zi joylarda 17-22 metr/soniyagacha, ba`zida 25-28 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 16 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq, 17 aprelda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 18 aprelda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlari. Havo o`zgarib turadi, 16-17 aprelda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda qorga aylanadi, momaqaldiroq bo`ladi, do`l yog`ishi mumkin. 18 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, 16 aprelda ba`zi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 aprelda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 17-18 aprelda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar