AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Tennessi shtatining Neshvill shahridagi maktabdagi otishmadan keyin o`qituvchilarni qurollantirishni taklif qildi.
“Agar o`qituvchilarning kamida 5 foizi o`z ixtiyori bilan qurollansa va jinoyatchilarga qarshilik ko`rsatish uchun qurol ishlatishni o`rgansa, maktabdagi otishmalar muammosi barham topadi”, - dedi Tramp.
“Agar biz Ukrainaga 120 milliard dollar yuborgan bo`lsak, bu mablag`ning o`ndan bir qismini amerikalik bolalar va maktablarni himoya qilish uchun sarflashimiz mumkin”, — deya qo`shimcha qildi Tramp.
Ma`lumot o`rnida, 27 mart kuni Neshvilldagi xususiy xristian maktabida otishma sodir bo`lib, olti kishi — uch nafar kattalar va uch bola, jumladan, ta`lim muassasasi ma`muri, o`qituvchi va vasiy halok bo`ldi. Otishmani maktabning sobiq o`quvchisi ochgan. Yana etti kishi og`ir, 17 nafari engil tan jarohati oldi.
2018 yilda ham Tramp maktablardagi hujumlarning oldini olish uchun o`qituvchilarni qurollantirishni taklif qilgandi. O`sha paytda mamlakat prezidenti bo`lgan Tramp Floridadagi otishma qurbonlari bilan uchrashuvda AQShda qurol-yarog` muomalasini tartibga solish va tekshirish bilan bog`liq muammolarni imkon qadar tezroq hal qilishga va`da bergandi.






