AsosiyDunyo

Bayden prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga qaror qildi

'Bayden prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga qaror qildi'ning rasmi

AQSh prezidenti Jo Bayden prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga qaror qildi. U “yaqin orada” saylov kampaniyasini boshlanganini e`lon qilishga va`da berdi.

“Men bu hisob-kitoblarni qildim. Biz buni yaqin orada e`lon qilamiz. Ammo bu erga safarim nima qilish mumkinligi haqidagi optimizmimni yanada kuchaytirdi. Men sizga aytgan edim, mening rejam - yana saylovlarda ishtirok etish”, - dedi Bayden Dublinda jurnalistlarga.

Aytib o`tish lozim, Jo Bayden oldin ham 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi mumkinligi haqida bir necha bor aytgan edi. Misol uchun, sentyabr oyida u saylovlarda ishtirok etish niyatida ekanligini aytgan, ammo qat`iy qarorga hali kelmaganini ta`kidlagan.

Jo Bayden AQShning eng keksa prezidenti, hozir u 80 yoshda.

    Boshqa yangiliklar