Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Kogon tumanida jentrani poezd urib ketdi” nomi ostida video tarqaldi.
Holat yuzadidan Buxoro viloyat IIB rasmiy ma`lumot berdi. Qayd etilishicha, joriy yilning 13 aprel kuni soat 15:15 larda Buxoro viloyati Transportda Xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasi hamda viloyat IIB ning “102” avtomatlashtirilgan tizimiga ushbu holat yuzasidan xabar tushgan.
Aniqlanishicha, shu kuni soat 14:00 larda motovoz boshqarib kelayotgan X.Y. “Buxoro-Poykent” yo`nalishida qo`riqlanmaydigan temiryo`l kesishmasidan o`tayotgan “Lacetti”ni urib yuborgan.
Keltirilishicha, haydovchi Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi A.A. ismli shaxs bo`lgan.
Mazkur hodisada avtomashina haydovchisi bosh miyaga qon quyilishi, ko`krakqafas jarohati, o`ng o`pka yorilishi tashxisi bilan tibbiy muassasada davolanmoqda.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






