AsosiyDunyo

Mozambikda 121 kishi vabodan vafot etdi

'Mozambikda 121 kishi vabodan vafot etdi'ning rasmi

Milliy matbuotda chop etilgan xabarga ko`ra, Mozambik Sog`liqni saqlash vazirligi vabo epidemiyasi tufayli halok bo`lganlar sonini ma`lum qildi.

Unga ko`ra, 2022 yil oktyabr oyidan beri davom etayotgan epidemiyada vafot etganlar soni 121 nafarga etdi.

Oxirgi 24 soat ichida 237 kishida vabo aniqlangan, kasallanganlar soni 26 ming 60 nafarga etgan.

Zambeziya, Niassa, Tete, Manika va Sofala eng ko`p kasallangan hududlar sifatida qayd etilgan.

Vabo epidemiyasi bilan kurashayotgan Mozambik o`tgan oy 1,7 million doza vaksina oldi.

    Boshqa yangiliklar