AsosiyJamiyat

Namanganda avtomobillar qatnovchi ko`prik qulab tushishi mumkinligi aytilmoqda

'Namanganda avtomobillar qatnovchi ko`prik qulab tushishi mumkinligi aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Yangiqo`rg`on tumanidagi ko`priklardan biri qulab tushish holatiga kelib qolgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, Yangiqo`rg`on tumani “Olmazor” MFY hududidan oqib o`tuvchi “Podsho ota” soyi ustiga qurilgan ko`prikda qisman nosozlik borligi aniqlangan.

Shundan so`ng ko`prikda transport  vositalarining harakati vaqtincha to`xtatilgan. Avtomobillar uchun soyning ichki o`zanidan boshqa yo`l ochib berilgan va qatnov davom ettirilmoqda.

Hozirda ko`prikdagi nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar