"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Farg`ona viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20-25°, shimolda 7-12° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-23° bo`ladi.
Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° bo`ladi.
16.04.2023 03:10
Bugun ba`zi joylarda momaqaldiroq bo`lib, yomg`ir, do`l yog`ishi natijasida sel kelishi xavfi mavjud






