Huquq-tartibot idoralari xodimlari 2 million dollarni o`g`irlash maqsadida tadbirkorning uyiga reyd uyushtirishni rejalashtirgan yirik jinoiy guruhni qo`lga oldi.
12 aprel kuni Toshkent va Namangan shaharlarida IIV xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida bosqinchilar qo`lga olingan.
Olmazor tumani hududida muqaddam Jinoyat kodeksining 8 moddasi bilan sudlangan 44 yoshli jinoiy guruh a`zosi 2 dona maxsus tayyorlangan pichoq, ichki ishlar organlari xodimlarining dala kiyimi, rezina qo`lqop, sport sumkasi, giyohvandlik vositalari va psixotrop preparatlar kabi ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.
Namangan viloyatida avvaliga guruhning 4 nafar a`zosi, so`ngra yana 5 nafar fuqaro ham jinoiy reja bilan shug`ullangan holda qo`lga olindi. Qo`lga olinganlardan reyd o`tkazish uchun tayyorlangan sport kiyimlari, niqoblar, qo`lqoplar, 3 dona pichoq, ovoz to`plagichi, telefonlar, giyohvand moddalar va boshqa jihozlar topilgan.
Qayd etilishicha, qo`lga olinganlarning aksariyati muqaddam sudlangan tadbirkor va sportchilar bo`lgan. Ularning ko`pchiligi o`zlari tunamoqchi bo`lgan tadbirkor bilan birga ishlagan.
Jinoyat kodeksining 164-moddasi bo`yicha ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.






