Kecha Turkiyada "TÜBITAK UZAY" tomonidan ishlab chiqilgan birinchi IMECE kuzatuv sun`iy yo`ldoshi fazoga uchirildi.
Uchirish jarayoni Turkiya ilmiy-texnologik tadqiqotlar kengashining (TÜBITAK) Anqaradagi erdan kuzatuv stansiyasida bo`lib o`tgan.
Eslatib o`tamiz, IMECE sun`iy yo`ldoshi 14 aprel kuni fazoga uchirilishi kerak edi, biroq ob-havo sharoiti tufayli uchirish kechiktirildi.






