AsosiyJamiyat

O`zbekiston jinoyatchilik darajasi bo`yicha dunyoda nechanchi o`rinda turishi ma`lum qilindi

'O`zbekiston jinoyatchilik darajasi bo`yicha dunyoda nechanchi o`rinda turishi ma`lum qilindi'ning rasmi

World Population Review jinoyatchilik darajasi bo`yicha mamlakatlar reytingida O`zbekiston 136 ta davlat ichida 99-o`rinda qayd etildi. Mamlakatda har 100 ming kishiga o`rtacha 33,42 ta jinoyat to`g`ri keladi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari orasida jinoyatchilik darajasi bo`yicha Qirg`iziston 31-o`rinni, Qozog`iston 40-o`rinni egallagan. Tojikiston va Turkmaniston bo`yicha esa ma`lumotlar keltirilmagan.

Venesuela (har 100 ming kishiga 83 ta), Papua-Yangi Gvineya (80), Janubiy Afrika (76), Afg`oniston (76) va Gonduras (74) kabi mamlakatlar jinoyatchilik darajasi eng yuqori bo`lgan davlatlar qatoriga kiradi. Ulardan keyingi o`rinlardan Trinidad va Tobago, Gayana, Salvador, Braziliya va Yamayka joy olgan.

Shu bilan birga, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Tayvan, Men oroli va Ummon jinoyatchilik darajasi eng past, yashash uchun eng xavfsiz davlatlar deb topilgan. Ulardan keyingi o`rinlarda Shveysariya, Gonkong, Yaponiya, Sloveniya va Armaniston bormoqda.

    Boshqa yangiliklar