AsosiyJamiyat

Toshkentda 6 yoshli bola chuqurga tushib ketdi

'Toshkentda 6 yoshli bola chuqurga tushib ketdi'ning rasmi

Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida 6 yoshli bola chuqurga tushib ketdi. Holat yuzasidan tuman hokimligi munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, ushbu holat joriy yilning 13 aprel kuni sodir bo`lgan. Hududda ichimlik suvi ta`minotidagi quvurlardan birida avariya holati aniqlangan va tuman suv tarmoqlari bo`limi tomonidan avariya holatini bartaraf etish uchun qazish ishlari olib borilgan. Jarayon yo`lning avtomobillar uchun qatnov qismida bo`lgani sababli ogohlantirish belgilari joylashtirilgan, piyodalar yo`lagida harakatlanish mumkin bo`lgan. 

Yo`lovchilarning e`tiborsizligi oqibatida 6 yoshli A.A.(ismi yashiringan) onasidan oldinroq borib chuqurlikka tushgan va ushbu hududdagi fuqarolar tomonidan chiqarib olingan. Hokimlikning ma`lum qilishicha, hozirda bola sog`lom, xavotirga o`rin yo`q.

“Avariya holatini bartaraf etishda yo`l qo`yilgan kamchiliklar va noqulayliklar uchun tuman suv tarmoqlari bo`limi vakillari uzr so`raydi. Qolaversa, hududdagi betartiblikni bartaraf etish va jarayonlarda yo`lovchilar va avtomobillar uchun ogohlantirish belgilari, xavfsiz harakatlanish choralari ko`rilganini ma`lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar