Samarqand viloyati Narpay tumanida 70 yoshli otaxon qaynukasi tomonidan pichoqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko`ra, 70 yoshli otaxon ayoli bilan kelisholmay qolgani sababli 60 yoshli qaynukasi tomonidan pichoqlangan. Ayblanuvchi esa buni sodir etgan vaqtda spirtli ichimlik ta`sirida bo`lganini aytgan.
“Ayolim bilan tortishib qoldik, ayolim ukasiga qo`ng`iroq qilgan. Keyin u kelib qoldi, qornimga pichoq tiqib oldi. Qisqa vaqt ichida bo`ldi. Qizim bilan kuyovim qaynimni ushlab qoldi”, — deydi jabrlanuvchi.
Narpay tumani jinoyat ishlari bo`yicha sudi binosida mazkur ish ko`rib chiqildi. Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.






