“O`zgidromet” 17 aprel, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.
Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja, kunduzi 11-13 daraja bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba`zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 0-5 daraja, ba`zi joylarda 1-3 darajagacha sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba`zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida 1-3 darajagacha sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, Farg`ona viloyatida ba`zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja bo`ladi.
Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlaridahavo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda qorga aylanadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.






