AsosiyJamiyat

Jizzaxda bandlik bosh boshqarmasi mansabdori pora bilan ushlandi

'Jizzaxda bandlik bosh boshqarmasi mansabdori pora bilan ushlandi'ning rasmi

Jizzax viloyati bandlik bosh boshqarmasida mas`ul lavozimda ishlagan mansabdor shaxs pora bilan qo`lga tushdi

Viloyat ichki ishlar boshqarmasiga Jizzax shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, kasb-hunarga o`qitganlik to`g`risidagi sertifikat tayyorlab berish evaziga pora talab qilinayotganini avvaldan ma`lum qiladi.

Jizzax viloyati bandlik bosh boshqarmasida mas`ul lavozimda ishlab kelgan Sh.Sh. kasbga o`qitish bo`yicha sertifikat tayyorlab berish uchun (IIBga ariza bilan murojaat qilgan) fuqarodan xizmatlari evaziga 400 AQSh dollari berishini talab qilgan.

Qayd etilishicha, viloyat IIB mutasaddi xodimlari bilan kelishilgan holda tezkor tadbir o`tkazilgan. Unda Sh.Sh. Mirzacho`l tumani kasb-hunar markaziga tegishli mutaxassislik sertifikatini soxtalashtirgan holda 400 AQSh dollariga sotmoqchi bo`lib, oldindan 1 million 100 ming so`mini – 100 AQSh dollari hisobida olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo`lga olingan.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar