Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus salonining ichki qismida ayollar va erkaklar uchun maxsus joy ajratilganligini targ`ib qiluvchi e`lon aks etgan surat tarqalib, muhokamalarga sabab bo`ldi.
Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, ushbu holat "8-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi saroy raqami 433-bo`lgan Isuzu rusumli avtobus yo`nalishida kuzatilgan. Tezkor tadbir davomida, ushbu avtobus salonidagi e`lon bilan olib tashlangan.
"Yuqoridagi kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida, jamoat transportida e`lon qilinishi belgilanmagan maxsus posterlardan foydalanmaslik hamda ish faoliyati davomida haydovchi va chiptachilardan yanada hushyor holda ish yuritishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilayotganini ma`lum qilamiz",- deyiladi xabarda.