AsosiyJamiyat

Qarshida Labo yonib ketdi

'Qarshida Labo yonib ketdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida shatakka olib ketilayotgan Labo rusumli avtomobil yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Malum qilinishicha, 15 aprel kuni soat 12:03 larda Qarshi shahar “Xudoyzod” MFY, Tafakkur ko`chasida Labo avtomobilining yonayotgani to`g`risida FVBga xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yong`in-qutqaruv bo`linmasi soat 12:11 da etib borgan va yong`in to`liq soat 12:17 da o`chirgan.

Aniqlanishicha, Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi fuqaro S.B.ga tegishli oq rangli Labo shatakka olib ketilayotgan bo`lgan.

Yong`in elektr simlarining qisqa tutashuvi sababli yuzaga kelgani tahmin qilinmoqda. 

Yong`indan tan jarohati olganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar