AsosiyDunyo

13 nafar ayol aktyor Jerar Depardeni jinsiy zo`ravonlikda ayblamoqda

'13 nafar ayol aktyor Jerar Depardeni jinsiy zo`ravonlikda ayblamoqda'ning rasmi

Fransiyaning Mediapart tergov nashri aktyor Jerar Depardeni jinsiy zo`ravonlik va nomaqbul xatti-harakatlarda ayblagan 13 nafar ayolning ko`rsatmalarini chop etdi. Ayollarning so`zlariga ko`ra, aktyorning suratga olish maydonchalarida yosh aktrisalar, pardoz ustalari va texnik xodimlarga tegajog`lik qilishi holatlari tez-tez kuzatilib turadi.

Ayollarning ayrimlari aktyor bilan bo`lgan voqealarni hikoya qila turib, o`z ism-shariflarini ochiqlashga qaror qilgan bo`lsalar, ayrimlari shaxsiy ma`lumotlarining sir bo`lib qolishini istashgan. 

Ular so`zlab bergan voqealar 2004-2022 yillar oralig`ida, aksariyati suratga olish maydonchalarida, jumladan, “Netflix”ning “Marsel” seriali va yozuvchi Aleksandr Dyuma hayoti haqida hikoya qiluvchi “Boshqa Dyuma” loyihasini suratga olish vaqtida sodir bo`lgan.

74 yoshli aktyorning advokati uning mijozi “barcha ayblovlarni rasman rad etishi”ni ta`kidlagan.

Ma`lumot uchun, bundan avvalroq kanadalik aktrisa Sharlotta Arnold ham Depardeni jinsiy zo`ravonlikda ayblagan edi. Ayol 2018-yilda aktyor uni Parijdagi uyida zo`rlagani haqida ma`lum qilgan.  

    Boshqa yangiliklar