Avvalroq, Toshkentdagi avtobuslarning birida ayollar va erkaklar alohida o`tirishlari haqida avtobus oynasiga e`lon yopishtirilgani haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarni ma`dum qildi:
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi "8-Avtobus saroyi" filiali tomonidan xizmat ko`rsatilayotgan 43-sonli avtobus yo`nalishida yuz bergan holat ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Ushbu tushunmovchilikni bartaraf etish maqsadida, "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati Sizlarga quyidagilarni ma`lum qiladi:
Gender tengligini ta`minlash bo`yicha davlat miqyosida ishlab chiqilgan qonunlar va dasturlar ham buning yaqqol isbotidir. Jumladan, 2019 yilning 2 sentyabrida qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to`g`risida»gi qonuni mamlakatimizda gender tenglikni ta`minlashga qaratilgan yaxlit va asosiy qonun hujjati hisoblanadi. Ushbu qonun bilan ilk bor milliy qonunchiligimizda «gender» tushunchasiga ta`rif berilgan.Mazkur asosning yana bir huquqiy kafolati bu O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 46-moddasida «Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar», deb belgilanganligidir. Demak, gender tengligining ham xalqaro huquqiy ham, konstitusiyaviy huquqiy asosi kafolatlangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sizlarga "Toshshahartransxizmat" AJ va uning tizim korxonalari o`z faoliyatini - Mustaqil davlatimizda olib borilayotgan odilona siyosat, ayollar va erkaklarning teng huquqliligini ta`minlash, davlatimiz qonunlari va bosh qomusimiz bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga asosan ish yuritib olib borayotganligini ma`lum qilamiz, deyiladi xabarda.






