AsosiyJamiyat

Andijonda do`kondor obodonlashtirishda ishlaydigan ayolni kaltakladi

'Andijonda do`kondor obodonlashtirishda ishlaydigan ayolni kaltakladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanida obodonlashtirish bo`limining ikki nafar xodimi tadbirkor tomonidan do`pposlangani haqida xabar tarqaldi. Unda aytilishicha, 14 aprel kuni soat 14:00 larda “Yangisor” mahallasida joylashgan tadbirkorning savdo do`koni oldidagi xonaga tuman Obodonlashtirish bo`limi xodimlari dam olishgan kelishgan. O`zaro kelib chiqqan janjal oqibatida  tadbirkor ayollarni kaltaklagan. 

Andijon viloyati Oila va xotin - qizlar boshqarmasining ma`lum qilishicha, hodisa ro`y bergan kunning o`zida ayollar bilan muloqot olib borilgan. Ularga ruhiy, psixologik yordamlar ko`rsatilgan. Hamda shu kunning o`zida Asaka tumani ichki ishlar bo`limiga xabar berilgan. Jabr ko`rgan ayollar ekspertizaga jo`natilgan.  

Hozirda o`rganish va ekpertiza ishlari olib borilmoqda. Jarayon oxiriga etkazilishi bilan voqea haqida batafsil ma`lumot berilishini ma`lum qilindi.

Andijonda obodonlashtirishda ishlaydigan ayol tadbirkor tomonidan kaltaklandi

 

    Boshqa yangiliklar