AsosiyJamiyat

O`zbekistonda maktab bitiruvchilariga uchtagacha akademik liseyni tanlash imkoniyati berilishi mumkin

'O`zbekistonda maktab bitiruvchilariga uchtagacha akademik liseyni tanlash imkoniyati berilishi mumkin'ning rasmi

"Akademik liseylarga o`quvchilarni o`qishga qabul qilish, o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlatish tartibini takomillashtirish haqida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo`yildi.

Unga ko`ra,

  • abiturientlarga ro`yxatdan o`tishda uchtagacha akademik liseyning ta`lim tili bir xil bo`lgan bittadan mos yo`nalishini tanlash imkoniyati beriladi;
  • abiturient o`zi tanlagan hududda (Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

Shuningdek, akademik liseylarga o`qishga qabul qilishda xalqaro va respublika fan olimpiadalari g`oliblari, xorijiy til sertifikati mavjud abiturientlarga imtiyozlar beriladi.

Qaror nizomiga ko`ra,

  • akademik liseylarga umumiy o`rta ta`lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini tanlab olish, o`qishga qabul qilish tartibi;
  • akademik liseylarda maslahat kengashlari faoliyatini tashkil etish, hujjatlarni qabul qilish, imtihonlarni o`tkazish, rasmiylashtirish va natijalarni e`lon qilish tartibi;
  • fan olimpiadalari, tanlov g`oliblari va umumta`lim fanlarini o`zlashtirish sertifikatiga ega bo`lganlar uchun imtiyozlarni qo`llash;
  • akademik lisey o`quvchilarining o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlatish tartibi belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar