Bloger Nikita Makarenko o`zining telegram kanalida Toshkentning Mirzo Ulug`bek tumanidagi poliklinika hududini tozalash ishlari olib borilayotgan tibbiyot xodimlari tasvirlangan "O`zbekistonda shifokor taqdiri" deb nomlangan suratni e`lon qildi.
Maqolada ko`rsatilgan jarayon joriy yilning 13 aprel sanasida tibbiyot muassasasi hududida bo`lgan. Bunda shifoxona binosining kirish eshigi oynalari ayollar tomonidan tozalanayotgani aks etgan. Bu haqda Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
Mazkur holat bo`yicha shifoxona bosh shifokori va xodimlaridan tushuntirish xatlari olingan.
Bunda muassasaning kichik tibbiy xodimlari (sanitarka) tomonidan har kuni tozalash ishlari olib borilishi, ushbu ishlar to`g`ridan-to`g`ri kichik tibbiy xodimlarning funksional vazifasiga kirishi ko`rsatilgan. Shuningdek, tushuntirish xatlarida xodimlarni o`z xizmat vazifalaridan boshqa ishlarni hamda ish vaqtidan tashqari yumushlarni bajarishga topshiriq va buyruqlar qabul qilinmagani aks etgan.
Mehnat kodeksining 176-moddasiga ko`ra, xodimning majburiyatlari ichki tartib-qoidalarda, intizom to`g`risidagi nizom va nizomlarda, korxonada qabul qilingan mahalliy hujjatlarda (jamoa shartnomalari, yo`riqnomalari va boshqalar) aniq belgilangan.
Tasdiqlangan xizmat vazifalarida shifoxonada tozalash ishlari aynan kichik tibbiy xodimining funksional vazifasiga kirishi ko`rsatilgan.






