Turkiyaning AnadoluJet aviakompaniyasi Anqaradan Toshkentga to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlarni yo`lga qo`yadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.
"Ushbu yo`nalishda qatnovlar Boeing 737-800 havo kemalarida amalga oshiriladi" deb xabar qilindi.
Aviaqatnovlar haftada bir marta dushanba kunlari, Anqaraga esa seshanba kunlari bajariladi.






