1

Buxoroda kataraktaga chalingan 200 nafardan ortiq bemor bepul operasiya qilindi

Salomatlik 17.04.2023, 21:07
Buxoroda kataraktaga chalingan 200 nafardan ortiq bemor bepul operasiya qilindi

Respublika ixtisoslashtirilgan ko`z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Xitoy Xalq Respublikasining yurtimizdagi elchixonasi ko`magida Buxoro viloyatida “Nurli yo`l” aksiyasi tashkil etildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, aholi xitoylik bir guruh malakali oftalmologlar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazildi. Yakunda kataraktaga chalingan 200 nardan ortiq bemorda yuqori texnologiyali operasiyalar amalga oshirildi.

 — Aksiyadan ko`zlangan asosiy maqsad nafaqat bemorlarda noyob operasiyalar bajarish, balki hududlardagi yosh oftalmologlar ishtirokida mahorat darslari o`tkazish va ularning zamonaviy xirurgiyadagi amaliy ko`nikmalarini oshirishdan iborat, — deydi markaz direktori Azamat Yusupov. — Qolaversa, bunday tadbirlar yurtimizda tibbiy turizmni rivojlantirish va xorij davlatlari bilan tibbiyot yo`nalishida o`zaro aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.


Ta`kidlash kerak, aksiya doirasida olis hududlarda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj 500 nafardan ziyod  bemorda bepul yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini o`tkazish rejalashtirilgan.

“Nurli yo`l” aksiyasi shifokorlari Buxoroda o`z ishini yakunlab, Samarqand viloyatiga yo`l oldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1