AsosiyDunyo

Qozog`istonlik 10 yoshli bolada miya exinokokkozi aniqlangan

'Qozog`istonlik 10 yoshli  bolada miya exinokokkozi aniqlangan'ning rasmi

Qozog`istonning Chimkent shahrida 10 yoshli bolaning miyasidan qurt olib tashlandi. Bu haqda mahalliy Otyrar nashri xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, bola doimiy bosh og`rig`idan shikoyat qilgan. Magnit-rezonans tomografiya yordamida shifokorlar bolada miya exinokokkozini aniqlagan. Bu juda kam uchraydigan kasallik hisoblanadi.

Natijada shifokorlar bolada 2 soat davomida jarrohlik amaliyotini olib borgan. Uning miyasidan 10-15 ga yaqin 15 santimetrgacha bo`lgan tasmasimon qurtlar olib tashlangan. Bemor 2 kun intensiv terapiyada yotgan, keyin palataga o`tkazilgan. Bir hafta o`tgach, bola uyga yuborilgan. Hozirda u shifokorlar nazoratida.

Miyaning exinokokkozi — markaziy asab tizimining kasalligi. Parazitlar tanaga gigiena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida kiradi. O`z vaqtida davolanmasa, exinokokkoz o`limga olib kelishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar