AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonda sovuq va nam havo massalari saqlanib qoladi

'Ertaga O`zbekistonda sovuq va nam havo massalari saqlanib qoladi'ning rasmi

Ertaga, 18 aprel kuni O`zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi davom etadi. Ammo ko`pgina joylarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O`zgidromet xabar berdi.

Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba`zi joylarda 1-3 daraja sovuqgacha, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida 1-3 daraja sovuqgacha, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog` va tog`oldi hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda qorga aylanadi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar