AsosiyJamiyat

O`FA “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvidan keyin yuzaga kelgan janjal bo`yicha tartib-intizom ishi ochdi

'O`FA “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvidan keyin yuzaga kelgan janjal bo`yicha tartib-intizom ishi ochdi'ning rasmi

O`zbekiston futbol assosiasiyasi tartib-intizom qo`mitasi Superliga 6-turi doirasida o`tgan “Bunyodkor” va “Nasaf” jamoalari o`rtasidagi o`yindan keyin yuzaga kelgan vaziyatni ko`rib chiqadi, deya xabar qilmoqda tashkilot matbuot xizmati.

Bayonotida qayd etilishicha, O`FA va PFL mutaxassislaridan iborat ishchi guruh mavjud videomateriallar hamda uchrashuv rasmiylarining hisobotini o`rgani chiqmoqda.

“Barcha ma`lumotlar tartib-intizom qo`mitasiga taqdim etiladi. Aybdorlar aniqlanib, ularga nisbatan o`rnatilgan tartibda chora ko`riladi”, — deyiladi O`FA bayonotida.

    Boshqa yangiliklar