AsosiyJamiyat

Hindistonda 3 kg.dan ortiq oltinni olib chiqib ketmoqchi bo`lgan o`zbekistonlik qo`lga olindi

'Hindistonda 3 kg.dan ortiq oltinni olib chiqib ketmoqchi bo`lgan o`zbekistonlik qo`lga olindi'ning rasmi

Hindistonda 3 kilogrammdan ortiq tillani noqonuniy yo`llar bilan mamlakatdan olib chiqib ketmoqchi bo`lgan O`zbekiston fuqarosi qo`lga olindi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.

Ma`lum bo`lishicha, o`zbekistonlik Xalqaro aeroportdan uchib ketmoqchi bo`lgan.

Biroq qo`lga olinishi mumkinligini anglagan erkak ichida umumiy og`irligi 3 kg 208 gramm bo`lgan 15 dona tilla zanjir va 17 dona yarim shar shaklidagi tilla buyumlar bo`lgan sumkani tashlab ketgan va g`oyib bo`lgan.

Shundan so`ng, O`zbekiston fuqarosi Chandigarhdagi Chandigarh aeroportidan Dubayga uchib ketmoqchi bo`lgan. Ammo, u o`sha erda hibsga olingan va Dehliga qaytarilgan.

Ayni vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar