Oliy sud matbuot xizmatining bergan xabariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 oktyabrdagi “Qatag`on qurbonlarining merosini yanada chuqur o`rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Qatag`on qurbonlarining merosini yanada chuqur o`rganish, ular xotirasini abadiylashtirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika ishchi guruhi tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida aniqlangan, ayrim sabablarga ko`ra reabilitasiya qilinmay qolib ketgan qatag`on qurbonlari nomlarini oqlash yuzasidan takliflar kiritilgan.
Shunga ko`ra, joriy yilning 19 aprel kuni soat 15.00 da O`zbekiston Respublikasi Oliy sudida mustabid sovet tuzumi davrida qatag`on qurboni bo`lgan va hozirgi kunga qadar oqlanmagan bir guruh shaxslarga oid jinoyat ishlari apellyasiya tartibida Oliy sudning Jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atining ochiq sud majlislarida ko`rib chiqiladi.
Eslatib o`tamiz, o`tgan yilning 19 dekabr kuni Sovet davrida qatag`on qurboni bo`lgan 173 nafar kishiga sud hukmi o`qilib, oqlangan edi.






