AsosiyDunyo

AQSh va Janubiy Koreya qo`shma harbiy mashg`ulotlarni boshladi

'AQSh va Janubiy Koreya qo`shma harbiy mashg`ulotlarni boshladi'ning rasmi

17 aprel kuni Janubiy koreya va AQSh harbiy-havo kuchlarining keng ko`lamli harbiy mashg`ulotlari boshlandi. Bu haqda "Yonhap" agentligi xabar berdi, deya yozmoqda "zamon.uz".

Manevrlarda jami 110 ga yaqin samolyot, jumladan, F-35A qiruvchi, FA-18 qiruvchi-bombardimonchi va A-10 hujumchi samolyotlari ishtirok etishi kerak. Mart oyi boshida Seul va Vashington bir qator harbiy mashg`ulotlar, jumladan, oxirgi besh yildagi eng yirik “Ozodlik qalqoni” nomli mashg`ulotlarini o`tkazgan edi. AQSh va Janubiy Koreya bunday faollikni KXDR tahdidlariga javob berish zarurati bilan izohlamoqda. Ayni paytda tahlilchilar fikricha, Koreya yarim orolidagi vaziyat Vashington uchun mintaqadagi harbiy ishtirokini oshirish uchun bahona, xolos.

Manevrlar Kvanju havo kuchlari bazasida boshlanadi va 12 kun davom etadi.

Seulning ta`kidlashicha, mashg`ulotlar doirasida ikki mamlakat harbiy-havo kuchlari, xususan, to`rtinchi va beshinchi avlod qiruvchi samolyotlari ekipajlari o`rtasida o`zaro aloqa o`rnatiladi.

Eslatib o`tamiz, bu Janubiy Koreya va AQSh harbiy-havo kuchlarining aprel oyidagi birinchi mashg`uloti emas. Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi juma kuni ikki davlat AQShning b-52H strategik bombardimonchi samolyoti bilan mashg`ulot o`tkazganini ma`lum qildi. Bu mashg`ulotlar KXDR birinchi marta “Xvason-18” qattiq yoqilg`i qit`alararo ballistik raketasini uchirgan kunning ertasiga bo`lib o`tdi.

 

    Boshqa yangiliklar