Markaziy bank aholidan chiptalar, barcha turdagi kommunal xizmatlar, davlat boji va boshqa xizmatlar uchun to`lovlarni amalga oshirishda olinadigan komissiyalarning eng yuqori miqdorini belgilashni taklif qilmoqda.
1 maydan komissiya to`lovchidan emas, balki to`lov summasidan chegirib tashlash yo`li bilan undiriladi.
Unga ko`ra, komissiyaning maksimal miqdorini BHMning 20 foizidan ko`p bo`lmagan miqdorda (60,6 ming so`m) belgilash rejalashtirilmoqda.
Mazkur tartib quyidagi holatlarda amal qiladi:
- barcha turdagi davlat bojlari va ma`muriy jarimalar uchun to`lovlar;
- davlat xizmatlari markazlari tomonidan, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko`rsatilgan davlat xizmatlari uchun to`lovlar;
- maktabgacha ta`lim tashkilotlariga, umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta`lim muassasalariga, shuningdek oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va sog`liqni saqlash muassasalariga to`lovlar;
- barcha turdagi kommunal xizmatlar uchun to`lovlar;
- Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan undiriladigan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish uchun to`lovlar;
- E-auksion elektron savdo platformasi va K-Savdo avtomatlashtirilgan axborot tizimiga to`lovlar;
- aviasiya, temiryo`l va jamoat transportining boshqa turlarida sayohat qilishda chiptalar sotib olish uchun to`lovlar.
Kelajakda ushbu ro`yxatga qo`shimcha to`lov turlari kiritilishi ham mumkin.
1 maydan chiptalar, barcha turdagi kommunal xizmatlar, davlat boji va boshqa xizmatlar uchun to`lovlarni amalga oshirishda olinadigan komissiya to`lovchidan emas, balki to`lov summasidan chegirib tashlash yo`li bilan undiriladi






