Biroz avval, ijtimoiy tarmoqlarda 2023 yil 14 aprel kuni maktab o`qituvchilari ommaviy do`pposlanganligi haqida tarqatilgan videoyozuv tarqalgani haqida xabar bergan edik.
Bosh prokuratura tomonidan maktab o`qituvchilari ommaviy do`pposlanganligi bilan bog`liq videoyozuvdagi holat o`rganildi. Bu haqda Bosh Prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlanshicha, 2023 yil 14 aprel kuni soat 12:00 larda Uzun tumanidagi 31-sonli o`rta ta`lim maktabining direktor xonasida o`tkazilayotgan yig`ilishda 34 yoshli erkak (o`qituvchi) ikki nafar ayol o`qituvchilar bilan janjallashib, ularga tan jarohati etkazgan.
Mazkur holat yuzasidan 18 aprel kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan.
"Tergov harakatlari davom etmoqda" deyiladi xabarda.






