AsosiyJamiyat

O`zbekistonda o`tgan uch oyda 13 907 nafar shaxs sudlandi — Oliy sud

'O`zbekistonda o`tgan uch oyda 13 907 nafar shaxs sudlandi — Oliy sud'ning rasmi

O`zbekistonda o`tgan uch oyda 13 907 nafar shaxs sudlangan, ularning 3707 tasiga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov xabar berdi.

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, 2022 yilda sud tomonidan jami 56 542 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Shundan 14 081 nafariga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

 Shuningdek, 2023 yilning o`tgan uch oyi mobaynida esa jami sudlanganlar soni 13 907 nafarni tashkil etgan. Shundan 3707 nafar shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar