AsosiyJamiyat

Aerovokzal, temir yo`l va avtobus vokzallarida xizmat ko`rsatish sifati yaxshilanadi

'Aerovokzal, temir yo`l va avtobus vokzallarida xizmat ko`rsatish sifati yaxshilanadi'ning rasmi

“Aerovokzal, temir yo`l va avtobus vokzallarida xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" xabar bermoqda. 

Qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:
Aeroportlarning aerovokzal majmualarida va vokzal oldidagi maydonlarda xavfsizlikni ta`minlash tartibi to`g`risida;

Temir yo`l vokzallarida (stansiyalarida) yo`lovchilar va tashrif buyuruvchilarning qo`l yuki va bagajini ko`zdan kechirish, ularning temir yo`l vokzallarida (stansiyalarida) bo`lishi tartibi to`g`risida;

Avtovokzallarda (avtostansiyalarda) yo`lovchilar va tashrif buyuruvchilarning qo`l yuki va bagajini ko`zdan kechirish, ularning avtovokzallarda (avtostansiyalarda) bo`lishi tartibi to`g`risida.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, jumladan:

Aerovokzal majmualari binolariga kirish joylariga yaqin kelib to`xtash uchun faqat yo`nalishsiz va yo`nalishli taksilarga ruxsat etiladi, shaxsiy avtomobillar va jamoat transporti yo`lovchilarni va tashrif buyuruvchilarni olib ketish va olib kelish uchun mo`ljallangan avtomobil turargohi va to`xtash joylariga yo`naltiriladi.

Shuningdek, estakadadan foydalanish uchun yo`lovchi tashish avtotransportlariga ruxsat beriladi. Bunda engil avtotransportlarga estakadada 5 daqiqagacha hamda avtobus va mikroavtobus avtotransport vositalariga 10 daqiqagacha to`xtab turishga ruxsat beriladi.
 Barcha turdagi avtotransport vositalari aerovokzallar majmualari chegarasidan 30 metrdan kam bo`lmagan masofada joylashtiriladi.

Temir yo`l vokzallarida ko`zdan kechirishdan o`tish vaqti yo`lovchilarning poezdga chiqishga kechikishi uchun shart-sharoitlar yaratmasligi zarur. Bunda ko`zdan kechirish vaqtini qisqartirish maqsadida ko`zdan kechirish tartib-qoidasini soddalashtirishga yo`l qo`yilmaydi.

 

    Boshqa yangiliklar