Ertaga, 19 aprel kuni O`zbekiston bo`ylab yog`ingarchilik kutilmaydi. Ob-havo quruq va salqin bo`ladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi Matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja, kunduzi 17-19 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 14-19 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-3 daraja, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.






