AsosiyDunyo

O`zbekistonga qo`shni ikki davlatda hayit kuni ma`lum qilindi

'O`zbekistonga qo`shni ikki davlatda hayit kuni ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekistonning qo`shni ikki davlati Tojikiston va Qirg`izistonda Ro`za hayiti kuni shu yilning 21 aprel kuni etib belgilandi. Har ikki davlatda haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari fuqarolar dam oladi.

Qirg`izistonda bosh muftiy Ramazon hayiti 21 aprel kuni bo`lishi haqida ma`lumot bergan. 

Tojikistonda esa Markaziy ulamolar kengashi raisi Saidmukarram Abduqodirzoda Ramazon hayitining sanasini e`lon qilgan. Shuningdek, Ulamolar kengashi qaroriga ko`ra, Ramazon hayiti namozining vaqti mamlakat vaqti bilan 6:30 etib belgilangan.

“Mazkur qaror asosida imom-xatiblar aholining e`tiborini muhtoj va muhtojlarga moddiy yordam ko`rsatish, bayram kunlarida isrofgarchilik, tejamkorlikka yo`l qo`ymaslik, bu borada boshqalarga o`rnak bo`lishlari shart”, deyiladi Kengash xabarida.

    Boshqa yangiliklar