AsosiyJamiyat

Bu yilgi Ramazon oyi 29 kun bo`lishi mumkinmi? (video)

'Bu yilgi Ramazon oyi 29 kun bo`lishi mumkinmi? (video)'ning rasmi

Ramazon oyi bu yil 29 kun bo`lishi haqida turli xabarlar tarqaldi. O`zbekiston Musulmonlari idorasi fatvo markazi direktori o`rinbosari, Toshkent islom instituti o`qituvchisi G`ulomiddin domla Xolboev mazkur savollarga javob berdi
 

G`ulomiddin domla Xolboevning so`zlariga ko`ra, Ramazon hayitining ilk kuni borasida muftiy hazrat boshchiligidagi ishchi guruh, ulamolar izlanmoqda. Tez orada bu bo`yicha ma`lumot taqdim etiladi. Shuningdek, Ramazon oyi 29 kun bo`lishi ham mumkinligi aytildi. Fatvo markazi direktori o`rinbosarining ta`kidlashicha, buning sababi Oyga bog`liq. 

“Bu yilgi Ramazon 29 kun bo`lishi haqida juda-juda ko`p savollar kelyapti. Bu yilgi Ramazonning 29 yoki 30 kun bo`lishi borasida muftiy hazrat boshchiligidagi ishchi guruh, ulamolar qattiq izlanyapti, bu masalani o`rganyapti. Tez kunlarda bizga bu boradagi oxirgi xulosalarini e`lon qiladilar. Ramazon 29 kun bo`lishi mumkinmi, degan savolga to`xtaladigan bo`lsak, Ramazon 29 kun bo`lishi mumkin. Chunki shu paytgacha bir necha marta mana shunday 29 kun qilib musulmonlar ro`za tutganlar. Buning sababi Oyga bog`liq. Masalan biz-u siz biladigan shamsiy oylar necha kun bo`lishi aniq. Lekin ibodat hisob-kitob qilinadigan oy qamariy oylar bilan hisob-kitob qilinadi. Bunday oylar yo 29 kun yo 30 kun bo`ladi. Oyning chiqishiga qarab farq qiladi”, — deydi G`ulomiddin domla Xolboev.

    Boshqa yangiliklar