AsosiyJamiyat

Samarqandga kirishda MAN yuk mashinasi yonib ketdi (video)

'Samarqandga kirishda MAN yuk mashinasi yonib ketdi (video)'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda yuk mashinasi yonayotgani aks etgan video tarqaldi. 

Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmati mazkur video yuzasidan ma`lumot berdi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududidan o`tuvchi M-37 avtomobil yo`lining 12-kilometrida yuk avtomobilining dvigatel qismida yuzaga kelgan qisqa tutashuv natijasida yong`in kelib chiqqan.

Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo`q. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar