AsosiyJamiyat

⚡️ Qonun imzolandi: 1 maydan jarimalar 15 kun ichida to`lansa, 50 foiz chegirma qo`llaniladi

'⚡️ Qonun imzolandi: 1 maydan jarimalar 15 kun ichida to`lansa, 50 foiz chegirma qo`llaniladi'ning rasmi

Ma`muriy jarimalarni to`lashda aholiga qo`shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga o`zgartish kiritish bo`yicha Qonun (O`RQ–830-son, 18.04.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.   

Kodeksning 332-1-moddasiga kiritilgan o`zgartishga ko`ra:  

Huquqbuzar unga jarima solish to`g`risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini yoki 30 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to`lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to`lashdan ozod qilinadi.  

Jarima solish to`g`risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qo`llanilmaydi:

- Kodeksning 131- va 140-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganda;

- jarima solish to`g`risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

- xuddi shunday huquqbuzarlik ma`muriy jazo chorasi qo`llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.

Qonun 2023 yil 1 maydan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar