AsosiyJamiyat

Hokim yordamchilari Xitoyda amaliyot o`taydi

'Hokim yordamchilari Xitoyda amaliyot o`taydi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda "Chongqing" xalqaro hamkorlik trening markazi o`rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Unga ko`ra, yurtimiz mahallalaridagi 9 ming 400 nafar hokim yordamchilari "Xitoy tajribasi asosida kambag`allikni qisqartirish" mavzusida ikki hafta mobaynida xitoylik mutaxassislardan onlayn ta`lim oladi.  

Mazkur loyihaning 2-bosqichida 200 nafar hokim yordamchilari shu yilning kuz oylarida  Xitoyda ikki haftalik amaliyot o`taydi.

Mazkur amaliyotni o`tash bilan bog`liq xarajatlar "Chongqing" xalqaro hamkorlik trening markazi tomonidan qoplab berilishi ko`zda tutilgan.

 

    Boshqa yangiliklar