O`zbekistonda ishlab chiqarish chiqindilaridan tibbiyot uchun magniy sulfat ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi va ro`yxatdan o`tkazildi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Fanlar akademiyasi boshqarma boshlig`i Feruza Karimova ma`lum qildi.
Unga ko`ra, tibbiyot sohasida yana bir necha yangiliklar joriy qilingan. Jumladan, Konstruktorlik byurosi va tajribaviy ishlab chiqarish ilmiy texnik markazi “Urofloumetr UFM-01” tibbiy uskunasini ishlab chiqargan.
Bundan tashqari, akademiya mas`uli Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida Dermatologiya klinik amaliyotida qo`llash uchun lazer texnologiyalari va UB-yorug`lik manbalari asosidagi fototerapevtik qurilmaning yangi avlodi ishlab chiqilganini aytdi.
“Mazkur fototerapevtik qurilmadan O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining Respublika teri-tanosil klinik kasalxonasida hamda xususiy klinikada vitiligo va psoriaz kassaliklarining ayrim shakllarini davolashda qo`llanildi. Olingan natijalarga ko`ra, vitiligo bilan og`rigan bemorlarni davolash jarayonida repigmentasiya kuzatilgan. Psoriaz kasalligida esa elementlarning (papula, pilakcha) erta so`rilishi kuzatilgan”, deydi u.