Ertaga, 20 aprel kuni O`zbekiston bo`ylab yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat janubiy hududlarda 27 darajagacha iliq bo`ladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi Matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7 daraja, kunduzi 18-20 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 22-27 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.






