AsosiyJamiyat

“Chorvoq”dagi 8 ta er maydoni auksionga qo`yildi

'“Chorvoq”dagi 8 ta er maydoni auksionga qo`yildi'ning rasmi

Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi “Chorvoq” turistik-rekrasion zonasi hududidan er uchastkalari savdoga chiqarildi. Ma`lumotlar “E-auksion” portalida e`lon qilingan.

Savdoga qo`yilgan birinchi er uchastkasi Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumani, “Yakkatut” MFY, Xo`jaqo`rg`on ko`chasi 229-uyda joylashgan. Umumiy bo`sh maydoni — 0.90 gektar.

Er maydoniga 1 mln dollar miqdorida investisiya kiritish, 20 ta ish o`rni yaratish ko`zda tutilgan bo`lib, bu uchun 18 oy muhlat ajratilgan.

Unda zamonaviy tabiat bilan uyg`un holda piknik zona, selfi hududi (tomosha qilish maydonchasi), ommaviy dam olish joylari, kemping tashkil etish mumkin, lekin kapital qurilmalar barpo etish taqiqlangan.

Auksionga qo`yilgan erning boshlang`ich bahosi — 685 mln so`m.

Savdoga qo`yilgan ikkinchi er uchastkasi Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumani, Yusufxon ko`chasi 215-uyda joylashgan. Bo`sh erning umumiy maydoni — 3 gektar.

Er maydoniga 3,4 mln dollar miqdorida investisiya kiritish, 40 ta ish o`rni yaratish, 3 yulduzdan kam bo`lmagan, 3-4 qavatli, 75 xonadan kam bo`lmagan (130 o`rinli) jahon standartlariga mos mehmonxona majmuasi, yozgi amfiteatr, restoran qurish ko`zda tutilgan bo`lib, bu uchun 18 oy muhlat ajratilgan.

Auksionga qo`yilgan erning boshlang`ich bahosi — 3,9 mlrd so`m.

Savdoga qo`yilgan uchinchi er uchastkasi Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumani, Yusufxona ko`chasi 221-uyda joylashgan. Bo`sh er maydoni — 1,7 gektar.

Er maydoniga 2,2 mln dollar miqdorida investisiya kiritish, 30 ta ish o`rni yaratish, 3 yulduzdan kam bo`lmagan, 3-4 qavatli, 50 xonadan kam bo`lmagan (100 o`rinli), zamonaviy, jahon standartlariga mos mehmonxona majmuasi qurish ko`zda tutilgan bo`lib, bu uchun 18 oy muhlat ajratilgan. 

Auksionga qo`yilgan erning boshlang`ich bahosi — 2,3 mlrd so`m.

Savdoga qo`yilgan to`rtinchi er uchastkasi Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumani, Yusufxona ko`chasi 219-uyda joylashgan. Bo`sh er maydoni — 1,2 gektar.

Er maydoniga 2 mln dollar miqdorida investisiya kiritish, 15 ta ish o`rni yaratish, 50 o`rinli zamonaviy, tabiat bilan uyg`unlashgan dizayn asosida Shale barpo etish  ko`zda tutilgan bo`lib, bu uchun 18 oy muhlat ajratilgan.

Auksionga qo`yilgan erning boshlang`ich bahosi — 1,6 mlrd so`m.

Savdoga qo`yilgan beshinchi er uchastkasi Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumani, Yusufxona ko`chasi 218-uyda joylashgan. Bo`sh er maydoni — 1,7 gektar.

Er maydoniga 2,2 mln dollar miqdorida investisiya kiritish, 30 ta ish o`rni yaratish, 3 yulduzdan kam bo`lmagan, 3-4 qavatli, 50 xonadan kam bo`lmagan (100 o`rinli), zamonaviy, jahon standartlariga mos mehmonxona majmuasi qurish ko`zda tutilgan bo`lib, bu uchun 18 oy muhlat ajratilgan.

Auksionga qo`yilgan erning boshlang`ich bahosi — 2,3 mlrd so`m.

Savdoga qo`yilgan oltinchi er uchastkasi Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumani, Novobod ko`chasi 216-uyda joylashgan. Bo`sh er maydoni — 2,9 gektar.

Er maydoniga 3,2 mln dollar miqdorida investisiya kiritish, 40 ta ish o`rni yaratish, 3 yulduzdan kam bo`lmagan, 3-4 qavatli, 75 xonadan kam bo`lmagan (130 o`rinli), jahon standartlariga mos mehmonxona majmuasi, yozgi amfiteatr qurish ko`zda tutilgan bo`lib, bu uchun 18 oy muhlat ajratilgan.

Auksionga qo`yilgan erning boshlang`ich bahosi — 3,9 mlrd so`m.

Savdoga qo`yilgan ettinchi er uchastkasi Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumani, Yangiqo`rg`on ko`chasi 185-uyda joylashgan. Bo`sh er maydoni — 1 gektar.

Er maydoniga 1,5 mln dollar miqdorida investisiya kiritish, 20 ta ish o`rni yaratish, 3 yulduzdan kam bo`lmagan, 3-4 qavatli, 40 xonadan kam bo`lmagan (80 o`rinli), zamonaviy, jahon standartlariga mos mehmonxona qurish ko`zda tutilgan bo`lib, bu uchun 18 oy muhlat ajratilgan.

Auksionga qo`yilgan erning boshlang`ich bahosi — 1,1 mlrd so`m.

Savdoga qo`yilgan sakkizinchi er uchastkasi Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumani, Novobod ko`chasi 225-uyda joylashgan. Bo`sh er maydoni — 0,7 gektar.

Er maydoniga 1,5 mln dollar miqdorida investisiya kiritish, 20 ta ish o`rni yaratish, 3 yulduzdan kam bo`lmagan, 3-4 qavatli, 50 xonadan kam bo`lmagan (100 o`rinli), jahon standartlariga mos mehmonxona qurish ko`zda tutilgan bo`lib, bu uchun 18 oy muhlat ajratilgan.

Auksionga qo`yilgan erning boshlang`ich bahosi — 800 mln so`m.

Ushbu uchastkalar “Chorvoq turistik-rekreasion zona direksiyasi” tomonidan ausionga qo`yilgan bo`lib, ular uchun arizalar 19 may 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar