O`zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan Ishchi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astranomiya institutidan olgan ma`lumotlarga ko`ra, 1444 hijriy yil Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) shu yil 20 aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir bo`lgan (tug`ilgan).
O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini ta`limotlari va mazkur astranomik ma`lumotlarga asoslangan holda diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023 yil 21 aprel juma kuniga to`g`ri kelishi haqida qaror qabul qildi.