O`zbekiston musulmonlari idorasi 2023 yil Ramazon hayiti (Iydul fitr)ning birinchi kuni 21 aprel (shavvol oyi 1 kuni) juma kuniga to`g`ri kelishi to`g`risidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Shunga ko`ra, 2023 yil 21 aprel juma kuni Ramazon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o`qiladi.
Ramazon hayiti namozini viloyatlarda o`qiladigan vaqtlari:
Andijon viloyati 05:50
Buxoro viloyati 06:20
Jizzax viloyati 06:10
Navoiy viloyati 06:20
Namangan viloyati 05:50
Samarqand viloyati 06:20
Sirdaryo viloyati 06:00
Surxondaryo viloyati 06:15
Toshkent viloyati 06:00
Toshkent shahri 06:00
Farg`ona viloyati 05:50
Xorazm viloyati 06:30
Qashqadaryo viloyati 06:20
Qoraqalpog`iston Respublikasi 06:40