AsosiyDunyo

NATO bosh kotibi kutilmaganda Ukrainaga bordi

'NATO bosh kotibi kutilmaganda Ukrainaga bordi'ning rasmi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg avvaldan e`lon qilinmagan tashrif bilan Kievga bordi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

NATO xabarni rasman tasdiqladi. Stoltenberg halok bo`lgan ukrainalik askarlar xotirasi majmui va Rossiya harbiy texnikasi qabristoniga borgani tasvirlari internetda tarqaldi.

Shuningdek, NATO rahbari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishni rejalashtirgan.

Aprel oyi boshida Stoltenberg NATO davlatlani Ukrainaga harbiy yordamni kuchaytirish istagida ekanini bildirgan edi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlangandan beri NATO davlatlari Ukrainaga 65 mlrd evroga yordam yuborgan.

    Boshqa yangiliklar