AsosiyJamiyat

SSV: Ramazon hayiti kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi

'SSV: Ramazon hayiti kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini ta`limotlari va  astranomik ma`lumotlarga asoslangan holda diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023 yil 21 aprel juma kuniga to`g`ri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Sog`liqni saqlash vazirligi ushbu muborak ayyom va dam olish kunlarida quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko`rsatishini ma`lum qiladi:

  • 1257 ta ko`p tarmoqli va oilaviy poliklinika,
  • 1080 ta oilaviy shifokor punkti,
  • 1002 ta mahalla tibbiyot punkti,
  • tuman, viloyat va respublika shifoxonalari,
  • ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,
  •  tibbiyot oliy o`quv yurtlari klinikalari.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo`limi hamda tumanlararo qo`shma shikastlanishlar va o`tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.

Yurtimiz bo`yicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo`ladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko`rsatadi.

Bundan tashqari, 227 ta tug`uruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.

 Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan kechayu kunduz javob olishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar