Sog`liqni saqlash vazirining tegishli buyrug`i bilan Safoev Nurali Ne`matulloevich Navoiy viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
1992 yilda tug`ilgan N. Safoev Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagach, mehnat faoliyatini 2018 yilda Vobkent tuman 12-son qishloq oilaviy poliklinikasida pediatr-shifokor sifatida boshlagan.
2019 – 2022 yillar davomida Uchquduq tuman ko`p tarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri, ushbu tuman tibbiyot birlashmasi boshlig`i kabi lavozimlarda mehnat qilgan.
31 yoshli N. Safoev ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Navoiy viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.






